“Borussiya Dortmund”ning rekord narxga sotib olgan o‘yinchisida saraton aniqlandi

Sport

image

Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubi hujumchisi Sebastyan Allerga saraton tashxisi qo‘yildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 iyul kuni hujumchi o‘zini yomon his qilayotganini aytgan. Shundan so‘ng, Aller bir qator tibbiy tekshiruvdan o‘tgan. Natijada, unga saraton tashxisi qo‘yilgan.

Manbaga ko‘ra, Kot-d'Ivuar futbolchisi jamoaning Shveysariyadagi yig‘inini muddatidan avval tark etgan. Endilikda Sebastyan Aller ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasada ko‘rikdan o‘tadi.

Ma’lumot uchun, “Borussiya Dortmund” joriy yozda Sebastyan Aller uchun o‘z tarixidagi rekord pulni to‘lab sotib olgandi. Ya’ni dortmundliklar ivuarlik hujumchi uchun “Ayaks” jamoasi hisob raqamiga 31 million yevro o‘tkazib bergan. O‘tgan mavsumda 28 yoshli hujumchi “Ayaks” safida Niderlandiya chempionatida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Borussiya Dortmund

Baholaganlar

682

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing