“Bornmut”ning 5 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi

Sport

image

CoVID-19 virusi dunyo bo‘ylab keng tarqalgani yetmaganidek, mashhur futbolchilarni ham chetlab o‘tmayapti. Bundan avval "Yuventus", "Fiorentina", "Everton" futbolchilari va "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Artetada koronavirus aniqlangandi. 

Endi koronavirus birdaniga "Bornmut" jamoasining besh nafar futbolchisida aniqlandi. "Bornmut" darvozaboni Artur Boruts va yana 4 nafar futbolchi ehtiyot chorasi sifatida karantinga olindi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Italiya A seriyasi, La Liga, APL, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va bir qator yirik musobaqalar koronavirus sabab to‘xtatildi.

Hozirga qadar 146 326 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5443 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 72 556 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Bornmut Futbol Koronavirus

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing