Boris Jonson barchasini gapirib berdi – ko‘p sirlar ochildi

Olam

image

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning aytishicha, agar u koronavirusdan vafot etgan taqdirda, keyingi qilinadigan harakatlar rejasi ishlab chiqilgan edi. Bu haqda “The Sun” nashri yozmoqda.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, u reanimatsiyaga olinganida hukumat eng yomon vaziyatga tayyorgarlik ko‘rgan.

“Men yaxshi ahvolda emas edim va favqulodda vaziyatlar rejasi borligini bilardim”, dedi Jonson.

Shuningdek, u o‘zini yaxshi his qilmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini va virusning davosi yo‘qligini ta’kidladi. Shunda shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun ko‘p miqdorda kislorod berishganini yodga oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Ma’lumot o‘rnida, 27 mart kuni Boris Jonson koronavirusning yangi turini yuqtirganini ma’lum qilingan edi. U 6 aprel kuni reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazildi va u yerda uch kun yotdi. Shundan so‘ng siyosatchining salomatligi yaxshilangani va u odatiy palataga o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Jonson 12 aprel kuni shifoxonadan chiqarildi.

Hukumat rahbari shifoxonadan chiqqach, 27 aprel kunidan boshlab o‘z ishiga qayta kirishdi. Oldinda uni quvonchli kunlar kutib turar edi. Boris Jonson 29 aprel kuni farzandli bo‘ldi va unga o‘zini davolagan shifokorlar sharafiga Uilfred Lori Nikolay deya ism berdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing