Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketi bo‘yicha takliflar tayyorladi

Olam

image

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Yevropa komissiyasiga Rossiyaga qarshi sanksiyalarning sakkizinchi paketi bo‘yicha aniq takliflar tayyorladi, ular energetika, savdo va SWIFT tizimiga tegishli. Bu haqda Estoniya Tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu bugun, 29 avgust kuni chop etilgan Die Welt nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Biz, hech bo‘lmaganda, uning (sakkizinchi sanksiyalar paketi – tahr.) imkon qadar tezroq qabul qilinishini istaymiz. Biz bu masala bo‘yicha komissiyaga aniq takliflarni kiritganmiz. Gap energetika, savdo, SWIFT tizimidagi keyingi cheklovlar, shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga yana ham ko‘proq odamlar va tashkilotlarni qo‘shish haqida bormoqda”, deydi diplomat. 

Reynsaluning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq qabul qilingan sanksiyalar “ishlayapti, ammo bu yetarli emas”. Shu bilan birga, Estoniya TIV rahbari cheklovlar yevropaliklarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.  

“Bu qisman qisqa muddatda to‘g‘ri, lekin uzoq muddatda emas. Agar biz hozir ozgina zarar ko‘rishga tayyor bo‘lmasak, kelajakda iqtisodiyotimiz yanada ko‘proq zarar ko‘radi. Bunga chidash va hatto qattiqroq sanksiyalarni joriy qilish kerak”, deydi vazir. 

U, shuningdek, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmini oshirishni qo‘llab-quvvatlab, aholi jon boshiga Estoniya qurol-yarog‘ bilan eng ko‘p yordam berishini ta’kidladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing