“Bolonya” Shomurodov uchun qancha pul taklif qilgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
01 avgust 2022
36925O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini “Bolonya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist, insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi “Bolonya”ga o‘tishga yaqin turibdi. Italiya klubi Shomurodovni 9 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olish variantini amalga oshirishni taklif qilmoqda.
Avvalroq, Eldor Shomurodov “Roma”ning “Tottenxem”ga qarshi uchrashuviga bormagani va u Rim klubini tark etishi mumkinligi aytilgandi. Keyinchalik Eldorga Italiyaning qaysi klublaridan qiziqish borligi ham xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi