Bollivud yulduzi Amirxon Turkiya Prezidentining rafiqasi bilan uchrashdi

Madaniyat-san’at

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an Bollivud yulduzi Amirxon bilan uchrashib, uni mehmon qildi. 

Mahalliy matbuotning qayd etishicha, ushrashish taklifi Turkiyada film suratga olish ishlarini olib borayotgan aktyor Amirxon tomonidan berilgan. Emina Erdo‘g‘an ushbu uchrashuvda o‘zi rahbarligida olib borilayotgan ijtimoiy loyihalar haqida ma’lumot bergan.

Turkiya Birinchi xonimi va aktyorning uchrashuviga sabab bo‘lgan omil ham aynan ijtimoiy loyihalar. Amirxon ham o‘z filmlarida ijtimoiy muammolar, insonparvarlik, millatlararo do‘stlik, diniy bag‘rikenglik tushunchalarini yoritadi. Emina Erdo‘g‘an uni filmlarida ijtimoiy muammolarni yoritishdagi muvaffaqiyati bilan qutlagan. 

Amirxon rafiqasi bilan Hindistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydigan hududlarda tashkil etgan Suv jamg‘armasi haqida ma’lumot bergan. 

Amirxon ayni vaqtda Turkiyada suratga olinayotgan “Laal Singh Chattha” nomli yangi filmining tasvirga olish jarayonlariga Emina Erdo‘g‘anni taklif etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Emina Erdo'g'an Amirxon

Baholaganlar

652

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing