Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Olam

image

Boliviya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Luis Arseni korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlanguniga qadar – 5 oy muddatga qamoqda saqlanishi haqida qaror chiqardi. Bu haqda ABC xabar berdi.

Nashrning yozishicha, qaror 62 yoshli siyosatchi qo‘lga olinganidan ikki kun o‘tib qabul qilingan. Bugun, 13 dekabr kuni sudya onlayn formatda o‘tkazilgan sud majlisida uni hibsda saqlash to‘g‘risida ajrim chiqargan.

“Sotsializm sari harakat” partiyasi yetakchisi bo‘lgan Luis Arse 2020 yilda Boliviya prezidenti etib saylangandi. Joriy yilgi saylovlarda u yutqazdi. Hokimiyatga qariyb yigirma yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor o‘ng qanot vakili keldi.

Agar aybi isbotlansa, Arse olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident ishi mamlakatda siyosiy keskinlikning kuchayishiga olib kelishi ehtimoli bor, chunki u chap qanot tarafdorlari orasida katta ta’sir va qo‘llab-quvvatlovga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peru sudi mamlakat sobiq prezidenti Martin Viskarrani pora olishda aybdor deb topib, unga 14 yillik qamoq jazosi tayinlagandi. Viskarra 2011 yildan 2014 yilgacha janubiy Mokegua provinsiyasi gubernatori lavozimida ishlagan. Shu davrda u jamoat ishlari bo‘yicha shartnomalar evaziga qurilish firmalaridan 676 ming dollarga teng miqdorda pora olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boliviya sobiq prezident Luis Arse

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing