Boliviya va Chili chegarasida 200 fuqaro va harbiylar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi
Olam
−
08 aprel 2020
5641Kecha, 7 aprel kuni ikki yuzga yaqin boliviyalik Chili bilan chegaradan o‘tib, mamlakatga qaytmoqchi edi, ammo ular harbiy qarshilikka duch keldi. Bu haqda “El Deber” nashri yozmoqda.
“Boliviya va Chili chegarasida 200 ga yaqin boliviyalik harbiy kuchlar bo‘lishiga qaramay vatanlariga borishga uringanlarida keskinlik yuzaga kelgan”, deb yozadi nashr.
“Boliviya Prezidenti, men sizga katta hurmat bilan murojaat qilaman, fuqarolaringizga g‘amxo‘rlik qiling. Boliviya fuqarolari umidsizlikka tushib, o‘z mamlakatlariga qaytishni istashadi”, - dey murojaat qilgan Chilidagi Kolchane shahar meri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, boliviyaliklar harbiylarga turli xil narsalarni ota boshlagan. Ulardan biri harbiylardan birining qurolini o‘g‘irlamoqchi bo‘ladi. Shunda unga qarshi kuch ishlatildi. Harbiylar ko‘z yoshlar gazidan foydalanishgan.
Mart oyi oxirida Boliviya hukumati mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy etishga va yangi koronavirus tarqalishi sharoitida chegaralarni butunlay yopishga qaror qilgan edi.
LiveBarchasi