Bolgariyada qurol-yarog‘ omborida portlash yuz berdi
Olam
−
15:19 449 1 daqiqa
Bolgariyaning markaziy qismidagi qurol-yarog‘ saqlanadigan hududda portlash bo‘lib, hodisa sababli mamlakatdagi o‘q-dori omborlaridan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda mamlakatning mahalliy OAVsi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha 11 sentyabrga kechasi Tsareva Livada qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Yong‘in vaqtida hech kim jarohatlanmagani ma’lum qilingan. Mahalliy OAV tarqatgan videolarda yong‘in tungi osmon yorishgani aks etgan.
Gabrovo viloyati gubernatori Kristina Sidorova jurnalistlarga yong‘in zavodning omborlar joylashgan hududida boshlanganini va bir ombordan boshqasiga tarqalayotganini aytgan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, yong‘in qurol-yarog‘ savdosi bilan shug‘ullanuvchi EMCO kompaniyasiga tegishli hududda sodir bo‘lgan. Kompaniya vakili esa o‘tgan oy uning boshqa ob’ektida ham portlash yuz berganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, EMCO kompaniyasini bolgariyalik qurol-yarog‘ savdogari Emilian Gebrev boshqaradi. Bolgariya prokuraturasi avvalroq uning ob’ektlari Rossiya tezkor xodimlari tomonidan uyushtirilgan hujumlarning nishoni bo‘lganini taxmin qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning Idlib viloyatidagi Sarmada shahri yaqinida qurol-yarog‘ va urushdan qolgan portlovchi vositalar vaqtincha saqlanadigan omborda portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi