Bolgariya Prezidenti O‘zbekistondan ketdi (video)
Jamiyat
−
11 iyun
4444Bugun, 11 iyun kuni Bolgariya Prezidenti Rumen Radevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lgandi. Shundan so‘ng qarorgohda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Rumen Radev Prezident Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Bolgariyaga borishga taklif etdi. Bolgariya yetakchisi Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etdi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida u Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekdi.