Bolgariya Prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

Olam

image

Bugun, 1 avgust kuni Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Milliy assambleyani tarqatib yuborish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.

“Prezident Rumen Radev 2 avgustdan 47-Xalq majlisini tarqatib yuborish va Xalq majlisi uchun saylovlarni 2022 yil 2 oktyabrda o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi”, deyiladi xabarda.

2 avgustdan boshlab parlamentga saylovlar o‘tkazilgunga qadar mamlakatni texnik hukumat boshqaradi. Texnik hukumatga G’l’b Donev rahbarlik qiladi.

Bolgariyaning 47-Milliy Assambleyasi Kiril Petkov Hukumatiga ishonchsizlik votumi e’lon qilinganidan keyin yangi Vazirlar Mahkamasini shakllantirish bo‘yicha kelisha olmadi. Shu munosabat bilan Prezident parlamentni tarqatib yuborish va yangi texnik Vazirlar Mahkamasini tayinlashga qaror qildi, qarorning rasmiy taqdimoti ertaga, 2 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bolgariya Rumen Radev

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing