Bolgariya 2026 yil 1 yanvardan yevroga o‘tadi

Olam

image

Kelayotgan 2026 yil 1 yanvardan boshlab Bolgariyada yevro amal qilishni boshlaydi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, avvalroq bu qadam yuqori inflyatsiya sababli kechiktirilgan. O‘shanda Yevropa komissiyasi mamlakat iqtisodiyoti yevroga o‘tishga tayyor emas, degan xulosaga kelgan. Endilikda esa barcha shartlar bajarildi va Bolgariya Yevroittifoqning valyuta ittifoqiga qo‘shilmoqda.

Yevropa iste’molchilari markazining fikricha, bu qaror sayyohlar va biznes uchun sezilarli foyda keltiradi. Avvalo, valyuta ayirboshlash zarurati yo‘qoladi. Demak, na komissiyalar bo‘ladi, na kurslar tebranishi bilan bog‘liq xatarlar. Bundan tashqari, Bolgariyada ham, undan tashqarida ham narxlarni solishtirish ancha osonlashadi, chunki hisob-kitoblar yagona valyutada amalga oshiriladi.

Bolgariya hukumati bir oylik o‘tish davri bo‘lishini belgilagan. 2026 yil yanvar oyida do‘konlar, mehmonxonalar va kafelarda ham levda, ham yevroda to‘lov qilish mumkin bo‘ladi. 2026 yil 1 fevraldan boshlab lev qonuniy to‘lov vositasi bo‘lishdan chiqadi. Shundan so‘ng, bolgar banknotalarini faqat mamlakat hududida – banklar va pochta bo‘limlarida almashtirish mumkin bo‘ladi. 2025 yil dekabr holatiga ko‘ra, kurs: 1 lev = 0,51 yevro.

Yangi valyuta yagona yangilik emas. Bolgariya Yevropaga yaqinlashish yo‘lida yana bir qadam tashladi. 2024 yil 31 martdan boshlab mamlakat rasmiy ravishda Shengen hududiga qo‘shilgan, bu esa millionlab sayyohlar uchun sayohatlarni osonlashtirdi. Endi parvozlar yoki parom orqali safarlarda pasport nazoratidan o‘tish shart emas. Shengen davlatlaridan kelayotgan sayyohlar Bolgariyaga tekshiruvlarsiz ucha oladi, bu esa aeroportlardagi navbatlarning yo‘qligini anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

evro Bolgariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing