Bolasini muttasil kaltaklab kelgan ayolga qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi
3-sahifa
−
10 mart
10891Avvalroq, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N.(ayol) 2018 yilda tug‘ilgan bolasini qariyb ikki yil davomida muttasil kaltaklab kelgani haqida xabar bergan edik. O‘shanda holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining 110-moddasi, "a,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Bugun, 10 mart kuni Bolalar Ombudsmani bergan ma’lumotga ko‘ra, dastlabki tergov davomida fuqaro S.N.ning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismida (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli, 2024 yilning 1 mart kuni Shofirkon tumani IIB Tergov boshqarmasi tomonidan unga nisbatan qo‘shimcha ayblov e’lon qilingan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari tugatilib, ish materiallari qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tumani sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshlarida Termizda yosh bolasini urib-so‘kib, unga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan ota 10 sutkaga qamalgan edi.
LiveBarchasi