Bolalarning Haj ziyoratchilariga hamroh bo‘lishi taqiqlandi

Olam

image

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi 2025 yilgi Haj mavsumida bolalarning ziyoratchilarga hamroh bo‘lishini taqiqladi. Bu haqda vazirlikka tayanib, “Gulf News” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu qaror bolalarni har yili sodir bo‘ladigan kuchli olomon bilan bog‘liq xavflardan himoya qilishga qaratilgan. 

“Ushbu qaror bolalarning xavfsizligini ta’minlash hamda ziyorat vaqtida ular bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarga va tirbandliklarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun qabul qilindi”, deyiladi  xabarda.

Shuningdek, vazirlik avval Haj ziyoratini ado etmaganlarga ziyoratda qatnashish uchun ustuvorlik berilishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi Umra ziyoratiga boradiganlardan endilikda meningitga qarshi emlanish talab etilmasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj Umra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing