Bolalarga hayitda uyma-uy yurish taqiqlandi. Tojikistonda!

Olam

image

Tojikistonning Dushanbe shahri ta’lim boshqarmasi vakillari ota-onalarga murojaat qilib, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti kunlari farzandlarini “idgardak”ka yubormaslikni so‘radi. Bu haqda idoraning Facebook'dagi sahifasida xabar berildi.

Unda aytilishicha, ushbu chora voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari, ularning g‘oyib bo‘lishi va nazoratsiz qolishining oldini olishga qaratilgan.

Shu munosabat bilan poytaxt ta’lim boshqarmasi ota-onalarni bola tarbiyasiga ko‘proq vaqt ajratishga, ularni badiiy adabiyot o‘qishga jalb etishga, shuningdek, ta’til kunlarida ularning xatti-harakatlarini kuzatib borishga chaqirgan.

Shuningdek, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti kunlarida bolalar uchun ortiqcha noz-ne’matlar, shirinliklar va boshqa sovg‘alar bilan bayram dasturxonlarini bezatish taqiqlangan.

Ushbu cheklov “Tojikiston Respublikasida an’analar, tantanalar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasi 2-bandiga muvofiq o‘rnatilgan.

Ma’lumot uchun, idgardak – bu ko‘p yillik an’ana bo‘lib, unda bolalar bayram paytida uyma-uy yurib, bir-birlarini tabriklaydi va shirinliklar, konfetlar, shokolad va shunga o‘xshash sovg‘alarni oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Ramazon hayiti Qurbon hayiti idgardak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing