Bolalarda koronavirus alomati paydo bo‘lsa nima qilish kerak?
Salomatlik
−
28 iyul 2020 22021 1 daqiqa
Bolalar bilan yaqin aloqada infeksiya yuqtirishdan saqlanishning imkoni yo‘q. Bu haqda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Habibulla Oqilov brifingda ma’lum qildi.
“Agar izolyatsiyalanish imkoniyatingiz bo‘lmasa, bolalar ham infeksiya yuqtirishlari ehtimoli katta. Chunki virusning yuqumliligi o‘ta yuqori.
Hatto muntazam himoya choralari: qo‘lni sovunlab yuvish, niqob taqish, sanitayzerlar, tuzli eritmalar ham bitta joyda bo‘lganda infeksiya yuqishidan himoya qila olmaydi.
Shu o‘rinda unutmaslik kerak, bolalar COVID-19 asosan simptomlarsiz yoki yengil formada o‘tkazishadi”, deydi Oqilov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarda faqat tumov, isitma ko‘tarilishi, tomoq qirilishi, ich qotishi kabi alomatlar kuzatilishi mumkin. Biroq aksariyat holatlarda bolalar o‘zlarini yaxshi his qilishadi va kattalarga qaraganda kuchli lohaslik yoki ishtaha yo‘qolishi kabi belgilar kuzatilmaydi.
Alomatlar paydo bo‘lganda simptomatik davolash: suyuqlik ichirib bolani terlatish, burunni tuzli eritmada chayish, isitma 38,5dan yuqori ko‘tarilganda - bolalar paratsetamoli berish zarur.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025