Bolalar va Mehribonlik uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkazildi
Jamiyat
−
11 yanvar
39572024 yil 1 yanvardan boshlab Bolalar uylari, Mehribonlik uylari, Bolalarni himoya qilish shu’balari hamda oilaviy bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmonida keltirilgan.
Shu paytga qadar Bolalar uylari Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehribonlik uylari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Bolalarni himoya qilish shu’balari hamda oilaviy bolalar uylari esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida bo‘lgan.
“Ushbu muassasalarni agentlik tizimiga o‘tkazishdan asosiy maqsad, aholini ijtimoiy himoyalash yo‘nalishida yagona davlat siyosati va boshqaruv tizimini yaratishdir”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi