Bolalar uyga o‘t qo‘yib yubordi

Jamiyat

image

Toshkentda bolalarning e’tiborsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 19 iyul kuni soat 12:56 da Yunusobod tumani, Yuqori Salar 7-tor ko‘chasi 14-uyning tom qismi 70 kv.m maydonda yongan.

Yong‘indan uyning 30 kv m maydoni saqlab qolingan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 13:15da qurshab olinib, soat 13:25da bartaraf etilgan.

Yong‘in bolalarni olov bilan o‘ynashi oqibatida sodir bo‘lgan deb, tahmin qilinmoqda. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing