Bolalar uyga o‘t qo‘ydi
Jamiyat
−
10 iyul 2019
4286Kecha, 9 iyul kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanidagi aholi yashash xonadonlaridan biri yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
9 iyul kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani “Yangi hayot” MFY Yangi hayot ko‘chasi 16-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida tuman YOXB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib borgan 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida uyning 300 kv metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Shuningdek, yong‘inda fuqarolarni tan jarohati olishlariga va halok bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmagan. Yong‘in oqibatida uyning 90 kv metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan.
Hodisaning taxminiy kelib chiqish sababi bolalar sho‘xligi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi