Bolalar bog‘chasida koronavirus tarqalmasligi uchun qanday choralar ko‘riladi?
Jamiyat
−
20 iyun 2020
9382Avvalroq, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq 1 avgustdan davlat maktabga ta’lim muassasalari ochilishi haqida xabar bergan edik.
Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalar bog‘chalarining faoliyati tiklanishi bo‘yicha ota-onalarga murojaat bilan chiqdi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, bog‘chalar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi.
“MTT faoliyatining tiklanishi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga ko‘ra, bosqichma- bosqich amalga oshiriladi.
Davlat MTTlarining Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ilgari e’lon qilingan sana 15 iyundan emas, balki 1 avgustdan ochilayotganligiga sabab, MTT faoliyati tiklanganidan so‘ng uning tarbiyalanuvchilari va xodimlari xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash uchun qator choralarni ko‘rish bilan bog‘liq. Ularga jumladan quyidagilar kiradi:
6000 dan ziyod davlat MTTlarini kuchdagi “O‘zbekiston Respublikasida MTT lar faoliyatini tashkil etish, ta’minlash va ish tartibi bo‘yicha Sanitariya - gigiyena talablari” SanPiN 0355-18 norma va qoidalariga ko‘ra yuvish, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, shuningdek masofadan ishlovchi pirometrlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;
2020 yil martida MTTlar faoliyati to‘xtatilayotgani bois, oziq-ovqat mahsulotlari buzilib qolishining oldini olish maqsadida barcha omborlar bo‘shatilganligini inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish;
o‘quv yili boshlanishiga MTT larda ta’mirlash, ular hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, MTT lar faoliyati to‘xtagan davrda, u erda ishchilar bo‘lmaganligi sababli qoniqarsiz ko‘rinishga kelib qolgan daraxtlarni butash, ekinlarni parvarishlash, o‘yin maydonchalarini tartibga keltirish;
MTTlar binosi va hududini dezinfeksiya qilish, sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari bilan hamkorlikda ularning tayorgarligini ko‘rikdan o‘tkazish;
karantin davrida moliyalashtirish to‘xtatilganligini inobatga olgan holda, MTT ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb etish borasidagi ishlarni rejaviy amalga oshirish;
MTT larga qaytayotgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun sharoit yaratish;
“qizil” hududlarda yashovchi tarbiyalanuvchilarning kelishi va xodimlarning ishga jalb etilishi bilan bog‘liq xatarlarni pasaytirish( aholi va MTT xodimlari uchun noqulayliklar minimal darajada bo‘lishi sharti bilan)borasidagi masalalarni hal qilish.
Ayni damda MTV tomonidan butun Respublika bo‘yicha ota-onalar fikri o‘rganilmoqda va shu yo‘l bilan hozirgi epidemiologik holatda bolalarini bog‘chaga yuborishni xohlamayotgan oilalar aniqlanmoqda. Pandemiya sharoitida ma’lum MTTlardagi ota -onalar to‘la tarkibda bolalarini bog‘chaga yuborishni istamasalar alohida MTTlarning ushbu ota- onalar a’zoligidagi Kuzatuv kengashi tomonidan tashkilot faoliyatini tiklashga ehtiyoj yo‘qligi haqida qaror qabul qilinadi.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan davlat MTTlaridan farqli o‘laroq, xususiy bog‘chalar faoliyati tiklanishiga joriy yil 15 iyunidan ruxsat berilishi, ma’lum noroziliklarga sabab bo‘lganligi hech kimga sir emas. Bunday qaror qabul qilinishida xususiy MTTlarda guruhlar soni chegaralanganligi, guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni kam bo‘lib, ko‘p sonli bolalarning bir yerda to‘planib qolmasligi, ularda sanitariya-epidemiologik talablar asosida faoliyatni tezkor yo‘lga qo‘ya olish imkoniyati kattaligi inobatga olingan", deyiladi vazirlik xabarida.
Shuning bilan birga, ayni vaqtda, Maktabgacha ta’lim va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligi, UNICEF xalqaro bolalar fondi qoʼllovida ishlab chiqilagan va yakuniy kelishuv bosqichidagi “COVID-19 pandemiyasi sharoitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash” yakuniy kelishuv bosqichida bo‘lib, unga ko‘ra koronavirusga qarshi kurash Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 2 iyundagi 27-sonli majlis protokoliga ko‘ra quyidagilar ishlab chiqilgan:
• COVID-19 pandemiyasi davrida MTTlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik Nizom;
• MTT tarbiyalanuvchisining qonuniy vakillari imzosi uchun blanka shakli;
• MTTlarda ishlatiladigan yuvish va dezinfeksiya vositalarining ishlatilish normalari;
• tonggi filtr uchun jurnal shakli.
Ushbu qarorda koʼrsatilgan qoidalarga koʼra davlat va nodavlat MTTlarida:
• barcha xodimlar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi qoidalar va choralar normasi bilan tanishtirilishi va tayyorgarlikdan o‘tishi lozim;
• MTT rahbarining bolalar xavfsizligini ta’minlash haqidagi kafolat xati hamda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlarining qarori bog‘lgandagina MTTlar faoliyati qayta tiklanishiga ruxsat beriladi;
• MTT xodimlari tibbiy niqob taqishi va ijtimoiy masofani saqlashlari shart hisoblanadi;
• MTT hududida profilaktik dezinfeksiya ishlari muntazam o‘tkazib turilishi shart;
• xodimlar va tarbiyalanuvchilarda tana harorati yuqori bo‘lganda, ya’ni u 37 daradadan oshiq bo‘lsa, shuningdek o‘tkir resperator infeksiyasi belgilari( tomoq og‘rishi, yo‘tal, holsizlik va h.k.) kuzatilganda ularning MTTga kelishlari taqiqlanadi
• oilada yoki muloqot doirasidagilar orasida COVID-19 aniqlangan bo‘lasa tarbiyalanyvchini MTT ga olib kelmaslik, bu haqda darhol MTT dagilarga xabar berish lozim;
• MTT hududiga kirmaslik, bolani mas’ul xodimga topshirish so‘raladi;
• MTT joylashgan hududda epidemiologik holat yomonlashgan holatlarda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari tomonidan MTT faoliyati to‘xtatiladi.
LiveBarchasi