Boksning shov-shuvli jangi rasman tasdiqlandi 

Sport

image

Shu yilning 8 fevral kuni Las-Vegasda birinchi o‘rta vaznda WBO yo‘nalishi chempioni Teofimo Lopes Jameyn Ortisga qarshi o‘z chempionlik unvonini himoya qiladi.

2023 yilning iyun oyida Teofimo boksdagi faoliyatini yakunlashi va chempionlik unvonidan voz kechishini e’lon qilgan edi. Biroq, keyinroq amerikalik boksni tark etish haqidagi fikrini o‘zgartirdi va kamarini himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Bungacha Teofimo gonorar summasi kamligi sababli Rayan Garsiya bilan jang qilish taklifini rad etgandi. 

Lopesning shuningdek, birinchi o‘rta vaznda IBF chempionlik kamari sohibi Sabriel Matias hamda WBO, WBA va WBC yo‘nalishlari bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasidagi kamar sohibi Terens Krouford bilan jang o‘tkazishi kutilmoqda.

Lopes o‘zining so‘nggi jangida britaniyalik Josh Teylorni mag‘lub etdi. 12 raund yakuniga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan g‘alabani amerikalik bokschiga bergandi – 115:113, 115:113 117:111.

2022 yilning kuzida ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga yutqazgan amerikalik Ortis esa so‘nggi jangida meksikalik Antonio Moranni mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing