Bokschi Mo‘ydinxo‘jayev jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Jahon chempioniga aylandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov ma’lum qildi.

Bugun, 13 may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining final jangida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 67 kg vaznda qozog‘istonlik bokschi Dulat Bekbauovga qarshi ringga ko‘tarildi. Asadxo‘ja 5:0 hisobida qozog‘istonlik raqibi ustidan g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 200 ming AQSH dollari, kumush medal sohiblari esa 100 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing