Boks. Yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi (foto)
Sport
−
17 Oktabr 2021
4437Kecha, 16 oktyabr kuni Buxoro shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Bokschilar yangilangan 13 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
48 kg vazn toifasida Miralijon Mavlonov (Buxoro) finalda Humoyunmirzo Abdurasulovni (Farg‘ona OZK) mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga ega chiqdi.
51 kg vaznlilar toifasida Xo‘janazar Nortojiyev (Surxondaryo) finalda Muhammadjon Abdullayevni (Farg‘ona) mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
54 kgda finalga qadar yetib kelgan Abduvali Bo‘riboyev (Andijon) Sayat Ilyasov (Chirchiq OZK) ustidan g‘alaba qozondi va O‘zbekiston chempioniga aylandi.
57 kg vazn toifasidagi hal qiluvchi jangda Baxtiyor Asadov (Buxoro) Mirkomil Sayitoxunovni (Andijon OZK) mag‘lubiyatga uchratdi.
60 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Suhrob Aminov (Qoraqalpog‘iston) Zabardast Hayotovni (Buxoro) mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqdi.
63,5 kg vazn toifasida Javohir Ummataliyev (Dinamo SK) Xusan Turdaliyevdan (Toshkent viloyati) ustun keldi.
67 kg vaznda barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozongan Fazliddin Erkinboyev (Namangan OZK) Shavkatjon Boltayevga (Chirchiq OZK) ham imkoniyat qoldirmadi va oltin medalga ega chiqdi.
71 kg vazn toifasida Alisher Ayupov (Buxoro) To‘rabek Xabibullayevni (Toshkent viloyati) mag‘lub etib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
75 kg vaznda bahslarda ishtirok etgan Javohir Mirzajonov (Toshkent) finalda Rahmatillo Boymatovni (Namangan) mag‘lubiyatga uchratdi va O‘zbekiston chempioniga aylandi.
80 kg vaznli bokschilar o‘rtasidagi final bahsida Abdulaziz Abdurahmonov (Andijon OZK) Samandar Jalolov ustidan zafar quchdi (Dinamo) va oltin medal sohibiga aylandi.
86 kg vaznda Jamoliddin Qozoqov (Andijon) finalda Ozod Shodiyevni (Toshkent viloyati) yaqqol ustunlik evaziga mag‘lub etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi
92 kg toifasida Aynazar Kenesbayev (Qoraqalpog‘iston) finalda Elyor Jo‘rayevga imkoniyat qoldirmadi (Namangan OZK) va O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
Super og‘ir vaznli (+92 kg) bokschilar o‘rtasidagi finalda Ravshan Soliyev (Buxoro) Muhammad Fayzullayevdan (Buxoro) ustun keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 10 oktyabr kuni start olgan musobaqada 362 nafar yosh charm qo‘lqop ustalari ishtirok etdi.
LiveBarchasi