Boks: Rayhona Qodirova chorak finalda! Raqib — Jahon chempioni

Sport

image

Boks bo‘yicha -60 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakili Rayhona Qodirova kongolik Naomi Yumbaga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi. 

O‘zbekistonlik bokschi har uchala raund davomida ustunlikka erishdi va yakunda hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. Qashqadaryolik bokschi yarim final yo‘llanmasi uchun braziliyalik Jahon chempioni Beatris Ferreyraga qarshi bahs olib boradi.

Bunga qadar -51 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlarida bahs olib borgan bokschi Tursunoy Rahimova turkiyalik Buse Naz Chaqiro‘g‘lu bilan kechgan murosasiz jangda jangda ustunlik qilib, hakamlarning g‘alati qarori bilan Olimpiadani tark etgan mag‘lub bo‘lgan edi.

Avvalroq, Tursunoy Rahimova Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozongan birinchi o‘zbekistonlik bokschi qiz sifatida qayd etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Tokio-2020 Tokio Olimpiadasi Rayhona Qodirova

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing