Boks. Do‘smatov bugun ham ringga chiqadi

Sport

image

Bugun, 5 noyabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final bahslari start oladi.

Kun dasturida to‘rt nafar O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolarining ham chiqishlari o‘rin olgan. Shuningdek, 4 noyabr kuni turnirdagi ishtirokini boshlagan Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschilarning janglari ro‘yxati:

-52 kg: Feruza Kazakova - Altanseseg Lusaixan (Mo‘g‘uliston) (15:00);
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Jitpong Jutamas (Tailand) (16:10 dan so‘ng);
-57 kg: Sitora Turdibekova - Priti (Hindiston) (17:10 dan so‘ng);
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Tenzin Dryugel (Butan) (20:40 dan so‘ng);
-70 kg: Mavluda Mavlonova - Manikon Baison (Tailand) (22:10 dan so‘ng).
 
Ma’lumot uchun, 4 noyabr kuni kechki dasturda O‘zbekiston vakillaridan Abdumalik Xalakov va Adhamjon Muhiddinov ilk jangida g‘alaba erishib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Do'smatov

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing