Boks bo‘yicha jahon chempioni Ukraina Prezidenti bo‘lmoqchi (video)

Sport

image

WBA, IBF, IBO va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Aleksandr Usik 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan Ukraina prezidentlik saylovlarida qatnashishini e’lon qildi. Bu haqda sportchi Seconds Out YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Usik uchta jangdan so‘ng faoliyatini yakunlab, Ukraina Prezidenti bo‘lishni xohlamoqda.

"Men birinchi og‘ir vaznga qaytaman, yana bir bor mutlaq chempion bo‘laman va prezidentlikka nomzodimni qo‘yaman", deydi Usik.

Ma’lumot uchun, bokschi 2022 yilda uchta jangdan so‘ng faoliyatini yakunlamoqchi ekanini bildirgandi. U, shuningdek, Tayson Fyuri va Saul Alvares bilan jang o‘tkazish hamda oxirgi jangi Ukrainada tashkil etilishini orzu qilishi haqida aytgan. Hozirgacha u 20 ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan va to‘rt yo‘nalish bo‘yicha chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Aleksandr Usik Ukraina Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing