Boks. Bugun Hasanboy Do‘smatov Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

Sport

image

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning ortda qolgan uch kuni davomida olti nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazdi.

Musobaqaning 4-kungi bahslarida besh nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tariladi. Xususan, bugun, 4 noyabr kuni Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov ham turnirdagi ilk jangini o‘tkazadi. Kechki dasturda Do‘smatov tailandlik Panmot Titisanga qarshi ringga chiqadi.

O‘zbekistonlik bokschilarning bugungi janglari ro‘yxati:

-71 kg: Havasbek Asadullayev - Byamba-Yerdene Otgonbaatar (Mo‘g‘uliston) (16:50 dan so‘ng);
-48 kg: Asilbek Jalilov - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) (20:10 dan so‘ng);
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Panmot Titisan (Tailand) (21:10 dan so‘ng);
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Jasim Muhammed (Iroq) (22:20 dan so‘ng);
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Baskon Paul (Filippin) (23:50 dan so‘ng).

Ma’lumot uchun, turnir g‘olib va sovrindorlari IBF reytingi uchun muhim ochkolarga ega bo‘lishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks HasanboyDo'smatov

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing