Boks afsonasi Jorj Forman 76 yoshida vafot etdi

Sport

image

Boks tarixidagi eng katta nomlardan biri, Olimpiada-1968 chempioni, profboks rekordchisi Jorj Forman kecha, 21 mart kuni hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Formanning oila a’zolari xabar berdi. 

“Qalbimiz chilparchin bo‘ldi. Chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, endi oramizda katta Jorj Edvard Forman yo‘q. U 2025 yilning 21 mart kuni bu dunyoni o‘z yaqinlari yonida tark etdi. Jorj sevimli umr yo‘ldosh, ota, bobo, oddiylikni yaxshi ko‘radigan shunchaki katta nomdagi inson edi”, deyiladi Formanlar oilasi bayonotida.  

Ma’lumot o‘rnida, Jorj Forman 1968 yil Mexikoda o‘tgan Olimpiada chempioni hisoblanadi. U 1973 yilda professional boksning superog‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. O‘shanda u yana bir afsona Jo Freyzerni ikkinchi raundda nokautga uchratgan. 1974 yil Zoir, hozirgi Kongo Demokratik Respublikasida o‘tkazilgan va “Rumble in the Jungle” to‘qnashuvi sifatida tarixga muhrlangan asr jangida afsonaviy Muhammad Aliga imkoniyatini boy berib, boks bilan xayrlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Boks Jorj Forman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing