Boks. Hasanboy Do‘smatov Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshladi

Sport

image

Iordaniya poyxaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining to‘rtinchi kuni ortda qolmoqda.

-51 kgda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘smatov tailandlik Panmot Titisanga qarshi ringga chiqib, g‘alabaga erishdi. Bugungi kun dasturida 57 kg vaznda Abdumalik Xalakov va 60 kgda Adhamjon Muhiddinov ham o‘z janglarini o‘tkazishadi.

Musobaqalarning to‘rtinchi kunida O‘zbekiston vakillaridan Havasbek Asadullayev va Asilbek Jalilov turnirdagi ishtirokini yakunlashdi.

Ma’lumot uchun, Xalakovning iroqlik Jasim Muhammedga qarshi jangi Toshkent vaqti bilan taxminan soat 22:20 da boshlansa, Adhamjon Muhiddinov ishtirokidagi to‘qnashuv taxminan soat 23:50 dan so‘ng start olishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Boks HasanboyDo'smatov

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing