Bogdan Guskov vazn o‘lchash marosimida qatnashdi (video+foto)
Sport
−
01 Sentabr 2023 4052 1 daqiqa
Avvalroq o‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov tashkilot reytingining 9-pog‘onasini egallab turgan Shveysariya vakili Volkan Ozdemir bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik. Bugun, 1 sentyabr kuni sportchilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi.

Tarozi natijalariga ko‘ra, jangchilarning har ikkisi 92,99 kilogramm tosh bosib, belgilangan me’yorni bajargan.
Mazkur jang ertaga, 2 sentyabr kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida – UFC Fight Night turniri doirasida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Bogdan Guskov professional faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, ularning 14 tasida g‘alabaga erishgan va 2 ta bahsda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Uning shveysariyalik raqibi Volkan Ozdemir esa bunga qadar 25 ta jangda ishtirok etib, 18 tasida yutgan va 7 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan.
Live
Barchasi