Bogdan Guskov UFC'dagi debyut jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

UFC'ning navbatdagi o‘zbekistonlik jangchisi Bogdan Guskov debyut jangini qachon o‘tkazishi mumkinligi aytildi. Bu haqda uning murabbiyi Gor Azizyan Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bugun, 18 iyul kuni tashkilotning “Roster Watch” sahifasida rasman UFC jangchisi deb e’lon qilingan 30 yoshli o‘zbekistonlik MMA'chi ilk jangini joriy yilning 2 sentyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night  turnirida o‘tkazadi. O‘sha kuni unga kim raqiblik qilishi haqida hali ma’lumot berilmagan.

O‘zbekistonda tug‘ilgan va mamlakat nomidan janglarda ishtirok etadigan sportchi Instagram sahifasida promoushenga a’zo bo‘lganidan so‘ng o‘z fikrlarini aytib o‘tdi:

“Barchaga salom. Bugun men rasman UFC jangchisiga aylandim, endi tarix yozamiz. Landi-landi, o‘yin boshlandi”, deydi Bogdan Guskov.

Ma’lumot uchun, Guskov og‘ir vazn toifasida jang qiladi. U MMA'dagi professional faoliyati davomida 14 ta jang o‘tkazib, 12 tasida g‘alaba qozongan va ikki marta imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bogdan Guskov rasman UFC jangchisi sifatida tashkilot rosteriga kiritilgani haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Bogdan Guskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing