Yana bir o‘zbekistonlik jangchi UFC'ga o‘tmoqda

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA'chi Bogdan Guskov UFC'ga o‘tmoqda. Bu haqda tashkilotning Twitter'dagi “UFC Roster Watch” sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, bugun, 18 iyul kuni Bogdan Guskov UFC rosteriga kiritilgan.

“Jangchi qo‘shildi: Bogdan Guskov”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Guskov O‘zbekistonda tug‘ilgan va O‘zbekiston hamda Rossiya bayroqlari ostida jang o‘tkazadi. U bungacha MPL, MMA Series, Brave FC, AMC va RCC promoushenlarida oktagonga ko‘tarilgan. MMA bo‘yicha sport ustasi, greppling bo‘yicha Rossiya chempionati sovrindori hisoblanadi. Guskov MMA'dagi professional faoliyati davomida 14 ta jang o‘tkazib, 12 tasida g‘alaba qozongan va ikki marta imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Bogdan Guskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made