Bog‘chalar qachon ochiladi? – Maktabgacha ta’lim vazirligi javob berdi

Jamiyat

image

Bog‘chalar koronavirus kasalligini yuqtirib olish xavfi bartaraf etilganidan so‘ng faoliyatini tiklaydi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Joriy yilning 15 may kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi ota-onalar va maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) rahbarlariga murojaat bilan chiqdi. Unda MTTlar qachondan boshlab faoliyat yuritishi haqida ma’lum qilingan.

"Maktabgacha ta’lim vazirligi sizga shuni ma’lum qiladiki, koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 -maydagi alohida hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlar faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad, bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida karantin choralariga rioya etmaslik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Karantin choralarini yumshatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bolalar tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi to‘la bartaraf etilgan zahoti, MTTlar faoliyati tiklanadi.

Mamlakatimizda bolalar salomatligi uchun xavfsiz epidemiologik vaziyat barqarorlashgach ,Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar faoliyati tiklanishi haqida qo‘shimcha ma’lum qiladi“, deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quv yili qay tarzda yakunlanishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktabgacha ta'lim vazirligi Bog'cha

Baholaganlar

1556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing