Bog‘chadagi ommaviy qirg‘in qurbonlari ortdi

Olam

image

Tailanddagi bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatida qurbon bo‘lganlar 38 nafarga yetdi. Ularning yarmidan ko‘pi bolalardir. Halok bo‘lganlarning eng kichigi ikki yoshda edi. Yana kamida 10 kishi jarohatlangan.

Qurbon bo‘lgan bolalar asosan o‘qdan emas, balki pichoq bilan jarohatlangani aytilmoqda. 

Voqea bugun, 6 oktyabr kuni sodir bo‘ldi. Bolalar bog‘chasiga qurollangan sobiq politsiyachi keldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi binoga kirganida, u yerda 30 ga yaqin bola bo‘lgan. 

U muassasaning kamida to‘rt nafar xodimini (shu jumladan, sakkiz oylik homilador bo‘lgan o‘qituvchini) otib o‘ldirgan, so‘ngra bolalar uxlab yotgan qulflangan xonaga kirib, ularga hujum qilgan. 

Bino ichida o‘q uzgandan so‘ng, hujumchi tashqarida beixtiyor o‘q uzishni boshlagan. 

Ushbu hujumni 34 yashar sobiq politsiyachi Panya Kxamrap sodir etgan. U joriy yilning iyun oyida giyohvand moddalarni iste’mol qilgani uchun politsiyadan bo‘shatilgan. 

Jinoyat sodir etilishidan bir necha soat oldin u giyohvandlik ishi bo‘yicha sud majlisida ishtirok etgan. “ The Nation” gazetasining yozishicha, erkak noqonuniy moddalar savdosi bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkin. 

Jinoyatni sodir etganidan so‘ng erkak o‘z uyiga yetib borgan va u yerda xotini va bolasini ham otib o‘ldirgan, keyin esa o‘z joniga qasd qilgan. 

“Kxamrap giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, deydi politsiya general-mayori Paysal Lyusombun. 

Rasmiylar fojia sodir bo‘lgan hududdagi barcha bolalar bog‘chalarini yopishni buyurgan. Tailand Bosh vaziri Prayut Chan-Ocha halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi hamda fojia sabablarini o‘rganishni tezlashtirishni buyurdi. 

Tailand advokatlar assotsiatsiyasi otishma qurbonlarining oilalariga Adliya vazirligidan moddiy tovon puli olishlari uchun huquqiy yordam taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand

Baholaganlar

404

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing