Bog‘cha va maktablar oldida harakatlanish tezligi me’yori keskin kamaytiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Blok-postlar qaytyaptimi? Tumanlararo postlarning vazifasi nima? north_east

Blok-postlar qaytyaptimi? Tumanlararo postlarning vazifasi nima?

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar oldida transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat etilgan tezlik me’yori keskin kamaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga oid strategiyada belgilab qo‘yilgan.

Ma’lum qilinishicha, jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga doir Prezident farmoni bilan tasdiqlangan strategiyaga ko‘ra, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga yondosh yo‘llarda tezlik me’yori keskin kamaytiriladi. Shuningdek, ushbu me’yor barcha joyda qat’iy belgilanishi aytilgan.

Umumta’lim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni, mahallalarda “Yo‘l harakatini o‘rgatish maydonchalari tashkil etiladi.

Shuningdek, Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi asoslarini o‘qitish tizimini joriy etib, yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda ko‘rgazmali tarzda o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq aholi gavjum bo‘lgan hududlarda piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing