Bog‘cha bolalariga tomosha ko‘rsatishga olib borilgan ilonlar olib qo‘yildi (video)
3-sahifa
−
23 yanvar
2296Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarga tomosha uyushtirish uchun olib borilgan 2 ta zaharli O‘rta Osiyo kobrasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar esa holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga topshirilgan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash, shuningdek, ulardan sirk tomoshalarini o‘tkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 43-moddasida ham bu holat alohida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 yanvar kuni Olmaliq shahar “Kumush diyor” xususiy korxonasi tasarrufidagi “Toshkent” havaskorlik sirk jamoasi xodimi H.A. o‘quv yili avvalida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga ta’lim tizimidagi muassasalarga sirk tomoshalarini namoyish qilish bo‘yicha xat va dastur bilan murojaat qilgan. Mas’ullar tomonidan ushbu tomoshalarga ruxsat berilgan. Namoyishlar dasturida hayvonlar bilan sahna ko‘rinishlari ko‘rsatilmagan. H.A. Piskent tumanidagi bog‘chada bolalarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan jonzotlar bilan o‘yin ko‘rsatgan.
LiveBarchasi