Bobonov Abu-Dabi “Katta Dubulg‘a” turnirida sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 28 noyabr kuni BAA mamlakati poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi so‘nggi musobaqa o‘z yakuniga yetdi.

90 kg vaznda tatamiga chiqqan Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov musobaqaning bronza medali uchun kechgan bahsda fransiyalik Fransis Damiyerga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini chiroyli ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Davlat Bobonov bronza medali bilan birga 500 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.

Bobonov yarim final uchrashuvida rossiyalik Mansur Lorsanovga qarshi tatamiga chiqib, qo‘shimcha daqiqalardagi “vazari” evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Chorak finalda esa tojikistonlik Jahongir Majidovni qo‘shimcha daqiqalarda “ippon” bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 noyabr kungi dasturda 73 kg vazn toifasida Hikmatilloh To‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, Davlat Bobonov Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Katta Dubulg'a Dzyudo IJF Bobonov To'raev

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing