BMW butun dunyo bo‘ylab avtomobillarni qaytarib oladi

Olam

image

BMW butun dunyo bo‘ylab qariyb 330 mingta avtomobilini yong‘in xavfi sababli qaytarib oladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi. 

Gap 2022 yil 9 iyundan 2025 yil 5 dekabrigacha ishlab chiqarilgan i5, 7 Series, M5, 5 Series  va i7 modellari haqida bormoqda. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, asboblar panelidagi simlar noto‘g‘ri joylashtirilgani sababli salon mikrofiltrini almashtirish vaqtida kabellar shikastlanishi mumkin. Bu esa qisqa tutashuv, tutun chiqishi va yong‘inga olib kelishi ehtimolini yuzaga keltiradi.

Hozircha ushbu nosozlik bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar qayd etilmagan. BMV moy va salon filtri almashtirilgan avtomobil egalarga xavfsizlik tekshiruvini zudlik bilan o‘tkazishni tavsiya qilmoqda.

Bundan ikki hafta avval ham BMW boshqa nosozlik sababli yuz minglab avtomobillarini qaytarib olgan edi. 2026 yil fevral boshida kompaniya dvigatelda yong‘in chiqishi xavfi tufayli qariyb 500 mingta avtomobilni chaqirib olgan.

OAV xabariga ko‘ra, 2 Series Coupe, 3-, 4- va 5-seriyalarning ayrim variantlari, 6 Series Gran Turismo, 7 Series Limousine hamda X4, X5, X6 va Z4 modellari tekshiruvdan o‘tkazilganda, ularning magnit o‘chirgichi ko‘p marotaba dvigatel ishga tushirilgach yeyilishi mumkinligi aniqlangan. Bu esa avtomobilni ishga tushirishda muammolar, qisqa tutashuv va starter qizib ketishiga olib kelishi ehtimolini tug‘diradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida BMW mashinasi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMW

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing