BMTdan ogohlantirish: Ukraina urushi sabab Osiyo va Afrikada oziq-ovqat narxi keskin ko‘tariladi
Olam
−
25 fevral 2022
11016BMT muassasalari Ukraina xalqining yonida va mamlakatga insonparvarlik yordami hajmini oshirishga tayyor. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti muassasalari tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda so‘z boradi.
“Hozirda biz Ukrainaning turli hududlaridagi o‘zgaruvchan vaziyatni baholashga harakat qilmoqdamiz, ammo hozircha men Ukraina xalqi bilan birdamligimizni bildirmoqchiman. Biz allaqachon ushbu mamlakatdamiz va ko‘p yillik mojarolardan charchagan odamlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va agar gumanitar ehtiyojlar ortib ketsa, tezda javob berishga tayyormiz”, deydi BMTning Ukrainadagi doimiy koordinatori Osnat Lubrani.
Jahon oziq-ovqat dasturi (JOOD) ham Ukrainaning jabrlangan aholisiga yordam berishga tayyorlanmoqda.
JOOD gumanitar favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish agentligidir. U inqirozdan keyin 72 soat ichida, agar zarar ko‘rgan hududga kirish imkoni bo‘lsa, gumanitar yuklarni yetkazib berishni tashkil qila oladi. 2014 yilning noyabridan 2018 yilning apreligacha JOOD Ukraina sharqida keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazdi. Unda bir milliondan ortiq odamga naqd pul, oziq-ovqat talonlari va hukumat nazorati ostidagi va nodavlat nazorati ostidagi hududlarda ratsion berildi.
“Biz qurolli mojarolar sharoitida tinch aholining ahvolidan chuqur xavotirdamiz. Voqealarning rivojlanishi ortidan jabrlanganlarning har qanday insonparvarlik yordamidan to‘siqlarsiz foydalanishini va u yerdagi insonparvarlik xodimlari xavfsizligini ta’minlash zarur”, deydi JOOD Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Margo van der Velden.
Qora dengiz havzasi g‘alla va qishloq xo‘jaligi eksporti bo‘yicha dunyodagi eng muhim mintaqalardan biri bo‘lganligi sababli, Jahon oziq-ovqat dasturi ta’kidlashicha, mojaroning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri Ukrainadan tashqarida ham sezilishi mumkin. Oqibatda Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqda xaridorlar non va go‘sht-sut mahsulotlari narxining oshishiga duch kelishadi.
"Ushbu mojaroning tinch aholi uchun gumanitar oqibatlari halokatli bo‘ladi", deydi BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi.
Urushda g‘oliblar bo‘lmaydi, lekin son-sanoqsiz insonlar hayoti majruh bo‘lib qoladi”, deydi u.
Grandi Ukrainadagi vaziyat tez yomonlashayotgani va jangovar harakatlar avj olganidan chuqur xavotir bildirgan.
“Biz qurbonlar va xavfsizlik izlab uylarini tark eta boshlagan ko‘plab odamlar haqida xabarlar olyapmiz. Fuqarolar hayoti va fuqarolik infratuzilmasi xalqaro gumanitar huquq doirasida himoya qilinishi kerak”, deydi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi.
BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi qayerda zarur va imkon bo‘lsa, insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga tayyor, deya davom etgan Filippo Grandi.
LiveBarchasi