BMT yig‘ilishi qatnashchilari amerikalik diplomatdan yuz o‘girdi (video)

Olam

image

Kecha, 18 oktyabr kuni BMTning inson huquqlari qo‘mitasi yig‘ilishida AQSH elchisi Mishel Teylor nutq so‘zladi va u gapirayotganda majlis bo‘layotgan zaldagi o‘nlab kishilar AQSHdan norozilik ramzi sifatida orqaga qarab turdi. Holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ayrim nashrlar mazkur holatni Isroil-Falastin mojarosiga bog‘ladi. Ularning yozishicha, diplomatlar Isroilning G‘azo sektorini bombardimon qilishda davom etishi yuzasidan AQSHga norozilik bildirgan.

Biroq boshqa nashrlardan farqli o‘laroq “Associated Press” mazkur holat AQSHning inson huquqlari borasidagi sa’y-harakatlari yetarli emasligi bilan bog‘lagan. 

AP’ning xabar qilishicha, mazkur aksiyada AQSHda diskriminatsiyaga qarshi kurashayotgan faollar, jumladan, mahalliy xalqlar vakillari va reproduktiv huquq himoyachilari ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing