BMT vakili Ukraina doni qayerga ketayotganini ma’lum qildi

Olam

image

Istanbul kelishuvlari doirasida Ukrainadan “Don yo‘lagi” orqali eksport qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining 49 foizi o‘rta va past daromadli mamlakatlarga, 50 foizi qismi yuqori daromadli mamlakatlarga jo‘natilgan. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

Kecha, 21 oktyabr kuni BMTning Qo‘shma muvofiqlashtirish markazidagi (QMM) vakolatxonasi vakili bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirgacha Ukrainadan “Don yo‘lagi” orqali 8 million tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan.

“Bugungi kunga kelib, Qora dengiz orqali Ukraina portlaridan g‘alla va boshqa oziq-ovqat maxsulotlari eksportining umumiy hajmi 8 million 284 ming 220 tonnani tashkil etyapti. Bu hajmning 50 foizi yuqori daromadli mamlakatlarga, 24 foizi daromadi past mamlakatlarga jo‘natildi. O‘rtacha daromadli mamlakatlarning ulushi 25 foizga to‘g‘ri kelyapti. Mahsulotlarning 1 foiz qismi daromadlari turlicha bo‘lgan mamlakatlarga yuborilgan”, deydi u.

Shu bilan birga, vakolatxona vakili ta’minot yo‘nalishlari yakuniy emasligi va g‘alla boshqa yo‘nalishlarga jo‘natilishini ham qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy Moskva Ukraina doni kemalarda nochor Afrikaga emas, balki G‘arbga tashilayotgani haqida o‘z shubhalarini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Don yo'lagi

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing