BMT Trampning ultimatumiga javob qaytardi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarni Jahon savdo tashkiloti (JST) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan (JSST) chiqarib yuborishi mumkinligi bilan tahdid qilgani va shu bilan birga, ushbu tashkilotlarni qayta moliyalashtirmaslikka qaror qilgani haqida xabar bergan edik

Trampning ushbu xabaridan so‘ng, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh bunga o‘z munosabatini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, hozir JSST va boshqa har qanday gumanitar tashkilotlarga ajratilgan mablag‘larni kamaytirish vaqti emas.

Bosh kotibning ma’lum qilishicha, hozir butun xalqaror hamjamiyat COVID-19 ga qarshi birgalikda kurashadigan vaqt yetib keldi.

“Tarqoqlik va bir-biriga bo‘lgan o‘zaro adovat insoniyat hayotini yana-da xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Birgalikda yagona dushmanga qarshi kurashadigan vaqt yetib keldi”, dedi Antoniu Guterresh.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

429

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing