BMT Suriyadagi faoliyatini qiyinchilik bilan davom ettirmoqda
Olam
−
11 dekabr 2024
1288Suriyada joriy qilingan komendantlik soati gumanitar yordamni yetkazib berishni qiyinlashtirmoqda. Shu sababli BMT va uning hamkorlari faqatgina xavfsiz hududlarda faoliyat yuritmoqda. Bu haqda kecha, 10 dekabr kuni BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan hisobotda so‘z boradi.
Hisobotga ko‘ra, gumanitar yordamni yetkazish imkoniyatlari cheklangani sababli yordam ko‘rsatish hajmi qisqargan. Mamlakat bo‘ylab shifoxonalar haddan tashqari yuklama bilan ishlamoqda, bu aholining jarohat va shikastlanishlari sonining ortgani bilan bog‘liq. Ruhiy zo‘riqishning keng tarqalgani qayd etilgan, ayniqsa, bolalar orasida.
“BMT xavfsizlik sharoitlari imkon bergan darajada yordam yetkazishda davom etmoqda, ammo qiyinchiliklar jiddiyligicha qolmoqda”, deyiladi hisobotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Suriyada Bashar Asad rejimi qulagani sababli BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yopiq yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar