BMT sobiq Bosh kotibi 1 asr yashadi va bugun vafot etdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi, perulik mashhur diplomat Xaver Peres de Kuelyar kecha, 5 mart kuni kechasi vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li Fransisko Peresa de Kuelyar ma’lum qilgan.

Sobiq Bosh kotib 100 yoshni qarshilagan edi.

"Dadam bir necha qiyin haftadan keyin bugun oqshomda vafot etdi", dedi marhumning o‘g‘li.

Peres de Kuelyar BMTda 1982 yilning 1 yanvaridan 1991 yilning 31 dekabrigacha Bosh kotib lavozimida faoliyat yuritgan.

Dafn qilish marosimi shanba, 7 mart kuni Peru poytaxti Limada bo‘lib o‘tadi. Unda davlat rahbari ham ishtirok etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Xaver Peres de Kuelyar 1920 yilning 19 yanvar kuni Limada tug‘ilgan. U BMTning 5-Bosh kotibi bo‘lgan va qisqa davr ichida Peru Bosh vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Xav'er Peres de Kuel'yar

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing