BMT Rossiya “Tolibon” masalasida aytganini qilishiga ishonyapti

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiyaning “Tolibon” harakatini taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishini uzoqqa cho‘zmay amalga oshiradi, degan fikrda. Bu haqda BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari Roza Otunboyeva TASS muxbiri savoliga javob berar ekan, aytib o‘tdi. 

“Bu [bo‘ladi], bu yerda muhokama qilinadigan hech narsa bo‘lmaydi, juda tez orada farmonni [Rossiya Prezidenti] Putin imzolaydi va “Tolibon” ham xuddi shunday terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqariladi. Ma’lumki,  Qozog‘iston ham xuddi shunday qadam tashladi.  Bu ushbu mamlakatlarning siyosiy qarori,  biz buni shunchaki fakt sifatida qabul qilamiz”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 may kuni Rossiya Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari mamlakat Prezidentiga “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lumot kiritdi. Tashqi ishlar vaziri buni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda haqiqiy kuchga ega ekanligi bilan bog‘ladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa “Tolibon”ning terrorchilar ro‘yxatidan chiqarilishini izohlar ekan, Rossiya “Tolibon” harakatini tan olish masalasida Markaziy Osiyodagi hamkorlarining fikrini inobatga olishi va qaror birgalikda ishlab chiqilishini bildirdi


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing