BMT pandemiyani shu yil tugatishning bahosini aytdi

Olam

image

Jahon yetakchilari joriy yilda pandemiyani tugatish uchun jami 22,8 milliard yig‘ishni boshladi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bayonotida ma’lum qildi

Qayd etilishicha, jahon yetakchilari ACT-Accelerator (kovidga qarshi vositalarni ishlab chiqarishni jadallashtirish bo‘yicha global hamkorlik) platformasi uchun 16 milliard dollar hamda vaksinani yetkazib berish uchun 6,8 milliard dollar yig‘ishni boshlagan. Ushbu mablag‘lar joriy yilda global favqulodda holat sifatida pandemiyaga barham berish uchun zarur.

Ma’lum qilinishicha, dunyo aholisining katta qismi hali ham kovidga qarshi emlanish, test topshirish yoki davolanishga qurbi yetmasligi sababli ACT-Accelerator dasturini moliyalashtirish uchun zudlik bilan 23 milliard dollar kerak bo‘ladi. Mazkur sarmoya hisobiga koronavirusga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan vositalar sotib olinib, past va o‘rta daromadli mamlakatlarga yetkazib beriladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri dunyo bo‘ylab kovidga 4,7 milliarddan ortiq test topshirilgan. Biroq, kam daromadli mamlakatlarda atigi 22 millionga yaqin test topshirilgan, bu dunyodagi testlar umumiy sonining atigi 0,4 foizini tashkil qiladi. Kam daromadli mamlakatlardagi odamlarning atigi 10 foizi vaksinaning faqatgina bitta dozasi bilan emlangan. 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirusga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish zarurligi haqida gapirar ekan shunday dedi:

“Vaksinalarni taqsimlashdagi adolatsizlik - bizning davrimizning eng katta ma’naviy muvaffaqiyatsizligi va odamlar buning badalini to‘lamoqda. Vaksinaning  adolatli ta’minotini yo‘lga qo‘ymagunimizgacha, pandemiya tugamaydi va odammlarda ishonchsizlik hissi yanada kuchayadi".

Ta’kidlanishicha, ACT-Accelerator platformasida to‘planadigan qo‘shimcha mablag‘lar kambag‘al mamlakatlar uchun 600 million doza vaksinani to‘plash, 120 million bemor uchun koronavirusni davolash uchun zarur bo‘lgan 700 million test va dori-darmonlarni xarid qilish hamda 1,7 million tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash imkonini beradi.

JSSTga ko‘ra, COVID-19'ga qarshi kurashish uchun vaksinalar va boshqa vositalarni taqsimlashdagi yaqqol nomutanosiblik nafaqat inson hayotiga, balki jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqda va mavjud vaksinalarga chidamli bo‘lgan yangi, yanada xavfliroq koronavur shtammlari paydo bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing