BMT Myanmada fuqarolar urushi boshlanishi xavfidan ogohlantirdi 

Olam

image

Myanmadagi vaziyat misli ko‘rilmagan darajada fuqarolar urushiga aylanib ketishi mumkin. Bu haqda BMT Bosh kotibining Myanma bo‘yicha maxsus vakili Kristin Shraner Burgener ma’lum qilgan.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatning Sharq va G‘arbidagi etnik qurolli tashkilotlar harbiylarning shafqatsizligiga tobora ko‘proq qarshi chiqmoqda. 

"Harbiylarning shafqatsizligi misli ko‘rilmagan darajada fuqarolar urushi ehtimolini oshirmoqda", degan Burgener. 

Burgenerning aytishicha, Myanmadagi davlat to‘ntarishi natijasida 5 200 dan ortiq odam halok bo‘lgan. 

Avvalroq, Myanmada harbiylar hokimiyatni qo‘lga olganidan beri namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvda 320 kishi halok bo‘lgani, qurbonlarning haqiqiy soni esa bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.  

Eslatib o‘tamiz, Myanmada fevral oyining boshlarida harbiy to‘ntarish yuz berdi. Shundan so‘ng mamlakat Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Min Aun Xlayn qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarini o‘z qo‘liga jamladi. Vitse-prezident Mint Shve Prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.  

Harbiylar bir yilga favqulodda holat e’lon qildi va Myanma davlat maslahatchisi Aun San Su Chji, Prezident Vin Mina va boshqa yuqori lavozim amaldorlarni saylovlarni soxtalashtirishda ayblab hibsga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

M'yanma

Baholaganlar

49

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing