BMT koronavirusga qarshi kurash uchun 400 mln dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi
Olam
−
10 aprel 2020
3401Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterreshning ta’kidlashicha, tashkilotning gumanitar yordam rejasi deyarli 400 million dollardan oshishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha jamg‘armasi 75 million dollar ajratgan.
“Ikki kun oldin olingan ma’lumotlarga ko‘ra, reja 396,5 million dollar jamg‘arishga erishgan”, dedi Guterresh.
BMT bosh kotibi bundan oldin dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashni moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 2 milliard dollarga teng bo‘lgan global insonparvarlik yordami rejasi boshlanganini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi