BMT XK 12 yanvardagi yig‘ilishda Ukrainadagi vaziyatni muhokamaga qo‘yadi
Olam
−
04 yanvar 2023
4360Ukraina atrofidagi vaziyat joriy yilning 12 yanvar kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida muhokama qilinadi. Bu haqda kecha, 3 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan brifingda yanvar oyida Jahon tashkiloti Xavfsizlik kengashiga raislik qiladigan Yaponiyaning doimiy vakili Kimixiro Isikane ma’lum qildi.
Undan BMT Xavfsizlik Kengashi taqvimiga ko‘ra, 12 yanvarga belgilangan xalqaro tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha vazirlar yig‘ilishida Ukraina masalasi ko‘tarilishi yoki yo‘qligiga aniqlik kiritish so‘ralgan.
“Shubhasiz, ushbu munozara yoki ochiq munozaralar chog‘ida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy “maxsus operatsiyasi”ga to‘xtalib o‘tiladi yoki muhokama qilinadi”, deydi Isikane.
U bu mavzu muhokamasi faqat aytilgan uchrashuv bilan cheklanib qolmasligini ta’kidladi.
LiveBarchasi