BMT Xavfsizlik Kengashi tuzilmasini tubdan o‘zgartirish kerak – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z mas’uliyatini bajarishdan uzoq bo‘lgan BMT Xavfsizlik Kengashi tuzilmasi tubdan o‘zgartirilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Afrika haqidagi posti tagiga yozib qoldirdi.

“Janob Bosh kotib, BMT Xavfsizlik Kengashining bugungi sharoitga mos va adolatli isloh qilinishi borasidagi fikringizni samimiy va baland ovozda bildirishingiz butun dunyoning adolatli tizimga ega bo‘lishi uchun juda qadrlidir”, deydi Turkiya rahbari.

Shuningdek, Prezident Erdo‘g‘an Afrika qit’asi va barcha afrikaliklarga ushbu adolatli tizimga hissa qo‘shish imkoniyati berilishi kerakligini ta’kidladi.

“Global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishdan uzoq bo‘lgan BMT Xavfsizlik Kengashi tuzilmasi bizni ko‘proq urushlar qamrab olishi, ko‘proq odamlar va jamiyatlar jabr ko‘rishi, ko‘proq begunoh qonlar to‘kilishidan oldin tubdan o‘zgartirilishi kerak. Insoniyat bizdan shuni kutadi. Turkiya adolatli xalqaro tizim va zamonaviy shartlarga javob beradigan, BMT Xavfsizlik Kengashi uchun chin dildan intilayotgan barcha do‘stlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, deydi Prezident Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an xalqaro munosabatlar tizimini keskin tanqid ostiga olib, tizim bankrotga uchraganini aytgandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing